Fosfor oksidlari, fosfat kislota tuzlari. Fosfat kislota ishlab chiqarish ...

Tabiiy fosfor bitta barqaror izotop -^ R dan tarkib topgan.

Fosfor oksidlari, fosfat kislota tuzlari. Fosfat kislota ishlab chiqarish. Mineral o'g'itlar

Fosforning yer po'stlog'idagi umumiy miqdori 0,08% ni tashkil etadi. Fosfor tabiatda faqat birikmalar holida uchrayldi: ulardan eng rauhimi kalsiy fosfat — apatit mineralidir. Apatitning juda ko'p turlari ma'lum, ulardan eng ko'p tarqalgani ftorapatit 3Ca3(PO4)2. CaF2. Cho'kindi tog' jinslari — fosforitlar apatitning turlaridan tarkib topgan. Fosfor oqsil moddalar tarkibidagi turli xil birikmalar holida bo'ladi. Miya to'qimalarida fosforning miqdori 0,38%, muskullarda — 0,27% bo'ladi.
Dunyoda apatitlarning eng boy qatlamlari Kola yarim orolida, joylashgan. Fosforitlar Ural, Volgabo'yi, Sibir, Qozog'iston, Estoniya, Belorussiya va boshqa joylarda keng tarqalgan. Shimoliy Afrikada, Suriya va Amerikada fosforitlarning katta konlari bor.
Fosfor o'simliklarning hayotida juda muhim bo'lgani uchun tuproqda yetarli miqdorda fosfor birikmalari doimo bo'lishi zarur.
Fizik xossalari. Fosfor elementida metallmas xossalari azotga nisbatan kam ekanligi uning oddiy moddalari xossalarida ko'rinadi. Masalan, fosfor azotdan farq qilib, bir necha allotropik shakl o'zgarishlar hosil qiladi: oq fosfor, qizil fosfor va boshqalar.
Oq fosfor — rangsiz va juda zaharli modda. Fosfor bug'larini kondensatlash bilan olinadi. Suvda erimaydi, lekin uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Uzoq vaqt ohista qizdirilganda oq fosfor qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor — qizil-qo'ng'ir rangli kukun, zaharli emas. Suvda va uglerod sulfidda erimaydi. Qizil fosfor bir necha allotropik shakl o'zgarishlar aralashmasidan iboratligi aniqlangan, ular bir-biridan rangi (to'q qizildan gunafsha ranggacha) va boshqa ba'zi xossalari bilan farq qiladi. Qizil fosforning xossalari ko'p jihatdan uning olinish sharoitlariga bog'liq.
Qora fosfor — tashqi ko'rinishidan grafitga o'xshaydi, ushlab ko'rilganda yog'lidek tuyuladi, yarim o'tkazgich xossalari bor. Oq fosforni juda katta bosim ostida uzoq vaqt qizdirish (200°C va 1200 MPa da) orqali olinadi.
Qizil va qora fosfor qattiq qizdirilganda haydaladi.


Tabiiy fosfor bitta barqaror izotop -^ R dan tarkib topgan. Sun'iy radioaktiv izotopi j| P (yarim yemirilish davri 14,3 kun) keng ko'lamda ishlatiladi.
Fosforning allotropik shakl o'zgarish-larining xossalari ularning tuzilishi bilan tushuntiriladi. Oq fosforning tuzilishi ancha p mufassal o'rganilgan. U molekulyar kristall
panjaraga ega. Uning molekulalari to'rt atomli (P4— tetrafosfor) va uch qirrali muntazam piramida shaklida bo'ladi.
Fosforning bar qaysi atomi piramidaning uchlaridan birida bo'lib, boshqa uchta atom bilan uchta 6- bog'lanish orqali bog'langan. Molekulyar panjarali barcha moddalar kabi oq fosfor ham oson suyuqlanadi va uchuvchan bo'ladi. U organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Oq fosfordan farq qilib, qizil va qora fosfor atomli kristall panjarali bo'ladi. Shu sababli ular deyarli barcha erituvchilarda erimaydi, uchuvchan, zaharli emas.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan oq fosfor qizil fosfordan katta farq qiladi. Masalan, oq fosfor havoda oson oksidlanadi va o'z-o'zidan alangalanib ketadi, shu sababli u suv ostida saqlanadi. Qizil fosfor havoda alangalanib ketmaydi, lekin 240°C dan yuqori darajada qizdirilganda alangalanadi. Oq fosfor oksidlanganida qorong'ida shu'lalanadi — alangalanadi.
Fosfor suyuq va erigan holatda, shuningdek, 800°C dan past temperaturadagi bug'larida P4 molekulalaridan iborat bo'ladi. 800°C dan yuqori darajada qizdirilganda molekulalar dissotsilanadi: P4=2P'2 P2. Molekulalar 2000°C dan yuqori temperuturada atomlarga ajraladi: P2=2P. Fosfor atomlari P2, P4 molekulalar va polimer moddalar hosil qilib birlashishi mumkin.
Fosfor ko'pchilik oddiy moddalar — kislorod, galogenlar oltingugurt va ba'zi metallar bilan birikadi, bunda oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan:
2P + 3S = P2S3 2P + 3Ca = Ca3P2
0+3 0+2
P - 3e = P 2 Ca - 2e = Ca 3
0-2 0-3
S+2e = S 3 P+3e = P 2
Bu reaksiyalar qizil fosforga qaraganda oq fosfor bilan oson boradi.
Fosforning metallar bilan hosil qilgan birikmalari fosfidlar deyiladi: ular suv ta'sirida oson parchalanib, fosfin PH3 — sarimsoq hidi keladigan juda zaharli moddani hosil qiladi:
Ca3P2+ 6H2O = 3Ca(OH)2+ 2PH3t

NH3 kabi fosfin ham juda kuchli kislotalarni biriktirib olish reaksiyalariga kirishadi.
PH3+HI = PH4I
Olinishi va ishlatilishi. Fosfor apatitJar yoki fosforitlardan olinadi. Buning uchun ular ko'mir (koks) va qum bilan aralashtiriladi va elektr pechda 1500°C da qizdiriladi:
+50 0+2
3Ca3(PO4)2+ IOC + 6SiO,= 6CaSiO3+ P4 + 10CO
Bu reaksiyada fosfor bug'lari quyuqlashadi va suvli yig'gichda tutib qolinadi.
Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qizil fosfor, surma (III) sulfid, temir surigi (kvars aralashgan tabiiy temir (III) oksid) va yelimdan aralashma tayyorlanadi, bu aralashma gugurt quti-sining yon sirtlariga surtiladi. Gugurt kallagi, asosan, bertole tuzi, maydalangan shisha, oltingugurt va yelimdan tarkib topgan bo'ladi. Gugurt kallagi gugurt qutisining yon sirtiga ishqalanganda qizil fosfor alangalanadi.
Fosfor gugurt ishlab chiqarishdagina emas, balki harbiy ishda ham ishlatiladi. Fosfor yonganda quyuq oq tutun hosil bo'ladi, shu sababdan, „tutun par da" hosil qilish uchun mo'ljallangan artilleriya snaryadlari, aviabombalar va boshqalar oq fosfor bilan to'ldiriladi. Fosforning ko'pgina miqdori turli fosforli organik birikmaiar ishlab chiqarish uchun ketadi. Bular jumlasiga hasharotlarni qirish uchun ishlatiladigan foydali vositalar kiradi.
Oq fosfor ko'p ishlatilmaydi. Undan, odatda, tutun pardalar hosil qilishda foydalaniladi. Qora fosfor juda kamdan kam hollarda ishlatiladi.
Fosforning vodorod bilan va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari. Fosfor vodorod bilan PH3~gazsimon vodorod fosfid, P2H4 — suyuq difosfin hosil qiladi.
Gazsimon vodorod fosfid, boshqacha aytganda, fosfin PH3 Oq fosforni KOH eritmasiga qo'shib qaynatish yo'li bilan yoki kalsiy fosfid Ca3P2 ga xlorid kislota ta'sir ettirish yo'li bilan olinadi:
Ca3P2 + 6HC1 = 3CaCl2 + 2PH3

Gazsimon vodorod fosfid sassiq sarimsoq hidi keladigan rangsiz gaz bo'lib, nihoyatda zaharlidir. Reaksiya davomida gazsimon vodorod fosfid bilan birgalikda ba'zan suyuq vodorod fosfid ham hosil bo'ladi, suyuq vodorod fosfidning bug'i havoda o'z-o'zidan alangalanib ketadi.
Vodorod fosfid yonganda angidrid bilan suv hosil bo'ladi:
2PH3 + 4O2=P205+3H2O
Vodorod fosfid, xuddi ammiak kabi, galogenid kislotalar bilan birikadi; galogenid kislotalar bilan birikkanda tuzlar, masalan, fosfoniy xlorid PH4C1 hosil bo'ladi, bu tuzlarda metall rolini fosfoniy deb ataladigan PH4gruppa o'ynaydi. Fosfoniy tuzlari nihoyatda beqaror birikmalardir, ular suvga tekkanda vodorod galogenid va PH3 ga ajraladi.
Fosfor barcha galogenlar bilan bevosita birikib, juda ko'p issiqlik chiqaradi. Fosfor birikmalari ichida amaliy ahamiyatga ega bo'lgani, asosan, fosforning xlorli birikmalaridir.
Fosfor (III) xlorid PC13 suyuqlantirilgan fosfor ustidan xlor o'tkazilganda hosil bo'ladi. Bu modda 76°C da qaynaydigan suyuqlikdir.
PC13 ga suv ta'sir ettirilganda, u batamom gidrolizlanib, vodorod xlorid va fosfit kislota hosil qiladi:
PC13 + 3H2O = H3PO3 + 3HC1
Fosfor oksidlari. Fosfor bir necha oksidlar hosil qiladi. Ulardan eng muhimlari P4O6 va P4O10. Ko'pincha ularning formulalari soddalashtirilgan holda P2O3 va P,O5 tarzida yoziladi (oksidlarning indekslari 2 ga bo'lingan).
Fosfor (III) oksid P4O6 — mumsimon kristall massa, 22,5 °C da suyuqlanadi. Fosforni kislorod yetishmaydigan sharoitda yondirish bilan olinadi. Kuchli qaytaruvchi. Juda zaharli.
Fosfor (V) oksid P4H10 - oq gigroskopik kukun. Fosforni mo'l havo yoki kislorodda yondirish orqali olinadi. U suv bilan juda shiddatli birikadi.
Fosfat kislotaiar. Fosfat angidrid temperaturaga qarab, har xil miqdordagi suvni biriktirib olib, meta-, pirn- va orto-fosfat kislotalar hosil qilishi mumkin:
P2O, + H2O = 2HPO3 (metafosfat kislota) P2O5+ 2H2O = H4P,O7 (pirofosfat kislota) P2O3 + 3H2O = 2H3PO4 (ortofosfat kislota)
Fosfat angidrid sovuq suvda eritilsa, metafosfat kislota hosil bo'ladi, Lining eng sodda formulasi bunday: HPO3; metafosfat kislota molekulalarining haqiqiy tarkibi esa (HPO3)v formula bilan ifodalanadi, bu yerda x = 3, 4, 5, 6 va hokazo. Metafosfat kislotaning eritmasi bug'latilganda, u suvda oson eriydigan, shishasimon massa holida ajralib chiqadi.
Metafosfat kislota nihoyatda zaharli. Metafosfat kislota tuzlari suvni yumshatishda ishlatiladi.
Agar metafosfat kislotaning eritmasi qaynatilsa, unga suv molekulalari birikadi va uch negizli ortofosfat kislota H3PO4 hosil bo'ladi:
(HP03)x + xH20 = xH3P04
Ortofosfat kislota H3PO4 42,35°C da suyuqlanadigan rangsiz, tiriiq kristallar hosil qiladi, suvda juda yaxshi eriydi, zaharli emas, 2J5°C gacha qizdirilsa, uning har ikki molekulasidan bir molekula suv j ajralib chiqadi va suvda eriydigan, shishasimon massa holida to'rt negizli pirofosfat kislota hosil bo'ladi:
2H3P04=H4P207+H20
Yuqorida tilga olingan uchala kislotadan eng ahamiyatlisi ortofosfat kislotadir, fosfat kislota deganda, odatda, ortofosfat kislota nazarda j tutiladi.
Ortofosfat kislota metafosfat kislotaning eritmasini qaynatish bilangina emas, qizil fosforni nitrat kislotada oksidlash bilan ham olinishi mumkin:
0 +V +V +11
3P + 5HNO3 + 2H2O - 3H,PO4 + 5NO
Sanoatda fosfat kislota ikki usul: ekstraksiya va termik usul bilan olinadi.
Birmchi usulga ko'ra, maydalangan kalsiy fosfatga sulfat kislota j bilan ishlov beriladi:
Ca3(P04)2+ 3H2S04= 2H3P04+ 3CaSO4l
CaS04 cho'kmaga tushadi, kislota esa eritmada qoladi. Kislota bilan birga eritmaga ko'pchilik qo'shimchalar—temir, aluminiy sulfatlari va boshqalar ham o'tadi. Bunday kislota o'g'it ishlab chiqarishda ishlatiJadi.
Ikkinchi usulga ko'ra, dastlab fosfor olinadi. So'ngra uni P2O10 oksidga qadar oksidlanadi va bu oksidni suv bilan biriktirib, sof kislota (konsentratsiyasi 80% gacha) olinadi.
Fosfat kislotaning tuzlari. Fosfat kislota uch asosli kislota bo'lgani uchun uch xil tuz — fosfatlar hosil qiladi:
1) fosfatlar — fosfat kislotadagi vodorodning hamma atomlari o'rnini boshqa atomlar olgan, masalan K3PO4 - kaliy fosfat, (NH4)3PO4 — ammoniy fosfat;
2) gidrofosfatlar — kislotadagi ikki vodorod atomining o'rnini boshqa atomlar olgan, masalan K2HPO4 — kaliy gidrofosfat, (NH4)2HPO4 - ammoniy gidrofosfat ;'
3) digidrofosfatlar — kislotadagi bitta vodorod atomining o'rnini boshqa atom olgan, masalan, KH2PO4 — kaliy digidrofosfat, NH4H2PO4 — ammoniy digidrofosfat.
Ishqoriy metallarning va ammoniyning barcha fosfatlari suvda eriydi. Fosfat kislotaning kalsiyli tuzlaridan suvda faqat kalsiy digidrofosfat Ca(H?PO4)2 eriydi. Kalsiy gidrofosfat CaHPO4 va kalsiy fosfat Ca3(PO4)2 organlk kislotalarda eriydi.


Mineral o'g'itlar. Tarkibida o'simliklar uchun zaruriy oziq

deyiladi. Ular yuqori va barqaror hosil olish maqsadida tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqqa qo'shiladi.
O'g'itlar asosan: makro va mikro o'g'itlarga, oddiy, murakkab, aralash o'g'itlarga va azotli, fosforli, kaliyli o'g'itlarga bo'linadi.
Makro va mikroo'g'itlar. O'simliklarning o'sib rivojlanishi uchun zarur bo'lgan asosiy kimyoviy elementlar quyidagilardir (ular 10 ta): C, O, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. O'simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, К va ba'zi boshqalari o'simliklarga ko'p miqdorlarda kerak bo'ladi. Shu sababli ular makroelementlar deyiladi, tarkibida shu elementlar bor o'g'itlar esa makroo'g'itlar yoki odatdagi o'g'itlar deyiladi.
Yuqorida aytib o'tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdor¬larda (mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, I kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlar, tarkibida shunday elementlar bor o'g'itlar esa mikroo'g'itlar deyiladi. Hozir mikro-o'g'itlarsiz ish yuritib bo'lmaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo'jaligida qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Oddiy o'g'itlar tarkibida bitta ozuqa elementi bo'ladi. Masalan, natriyli selitra tarkibida azot, kaliy xlorid tarkibida kaliy bor.
Murakkab o'g'itlarning bir xil zarrachalari tarkibida ikkita va undan ko'p oziq elementi bo'ladi, masalan, kaliyli selitra tarkibida kaliy bilan azot, nitrofoskada — azot, fosfor hamda kaliy bo'ladi.
Aralash o'g'itlar turli xil o'g'itlarning — oddiy, murakkab o'g'it¬larning mexanik aralashmasidan iborat bo'ladi. Ular ko'pincha o'g'it aralashmalari deyiladi.
Azotli o'g'itlar tarkibida, ilgari ta'kidlab o'tilganidek, bog'lan-gan azot bo'ladi. Bular selitralar (natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari), ammoniy tuzlari, suyuq ammiak, ammiakli suv, mochevina CO(NH2)2 (qoramollar ozig'iga ham qo'shib beriladi, tarkibida ko'p — 47% azot bo'ladi). Hozirgi vaqtda bu o'g'itlardan eng ko'p ishlatiladigani ammiakli selitra, ya'ni ammoniy nitratdir. U bir-biriga qovushib qolmasligi uchun donador holda ishlab chiqariladi.
Fosforli o'g'itlar — bular fosfat kislotaning kalsiyli va ammoniyli tuzlaridir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral o'g'itlarning yarmini tashkil etadi. Eng ko'p tarqalgan fosforli o'g'itlar quyi¬dagilardir.
Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yo'li bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz Ca3(PO4)2 borligi sababli o'simliklar faqat kislotali tuproqlarda — podzol va torfli tuproqlardagina o'zlashtirishi mumkin. Mayin tuyilganligi, shuningdek uni tuproqqa kislotali o'g'itlar, masalan, (NH4)2SO4 yoki go'ng bilan birga solish о' zlashtirilishini osonlashtiradi.
Oddiy superfosfat, apatit va fosforitlarga sulfat kislota bilan ishlov berish orqali olinadi. Ishlov berishdan maqsad - o'simliklar har qanday tuproqda yaxshi o'zlashtiradigan eruvchan tuz olishdir:

Ca,(PO)4+ 2H2SO4 = Са(Н2Р04),+ 2CaSO4
Donador o'g'itlarning kukunsimon o'g'itlarga nisbatan ancha afzalliklari bor: ularni saqlash oson, o'g'itni seyalkalar yordamida tuproqqa solish qulay, lekin asosiysi — u ko'pchilik tuproqda hosilni ancha oshiradi.
Qo'sh superfosfat — tarkibi Ca(H2PO4), bo'lgan konsentrlangan fosforli o'g'it. Oddiy superfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast — CaSO4 yo'qligi jihatdan afzal. Qo'sh superfosfat ikki bosqichda olinadi. Dastlab fosfat kislota olinadi. So'ngra apatit yoki fosforit fosfat kislotaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Boshlang'ich moddalarning ko'p miqdori quyidagi tenglamaga muvofiq olinadi:
Ca3(P04)2+ 4H3TO4= 3Ca(H2P04)2
Pretsipitat — tarkibi CaHPO4 • 2H2O bo'lgan konsentrlangan fosforli o'g'it. Suvda kam eriydi, lekin organik kislotalarda yaxshi eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali oiinadi:
H3PO4+Ca(OH)2=CaHPO4 • 2N2O
Suyak talqoni, uy hayvonlarining suyaklarini qayta ishlab olinadi, tarkibida Ca,(PO4)2 bor. '
Ammofos — tarkibida fosfor va azot bo'ladigan o'g'it. Fosfat kislotani ammiak bilan neytrallanganda hosil bo'ladi. Odatda, tarkibida NH4H,PO4 va (NH4)2HPO4 bo'ladi.
Shunday qilib, fosfat kislotaning kalsiyli va ammoniyli tuzlari fosforli o'g'itlar hisoblanadi.
Kaliyli o'g'itlar ham o'simliklarning oziqlanishi uchun zarur. Tuproqda kaliy yetishrnasa hosil va o'simliklarning noqulay sharoitga chidamliligi sezilarli darajada pasayadi. Shu sababli qazib olinadigan kaliy tuzlarining 90% ga yaqini kaliyli o'g'itlar sifatida qo'llaniladi.
Eng muhim kaliyli o'g'itlar quyidagilardir:
1) ishlov berilmagan tuzlar: maydalangan tabiiy tuz-
lardan, asosan silvinit NaCl • KC1 va kainit MgSO4 • KC1 • 3H2O
minerallaridan iborat;
2) konsentrlangan o'g'itlar: tabiiy kaliyli tuzlarni qayta
ishlash natijasida olinadi, bular KC1 va K2SO4;
3)yog'och va torf kuli: tarkibida potash K2CO, bo'ladi.

Avogadro qonuni. Gazlarning molyar hajmi
Italyan olimi AAvogadro barcha gazlar bir xilda siqilishiga (Boyl — Mariott qonuni), termik kengayish koeffitsienti bir xilligiga (Gey-Lyussak qonuni) va boshqa ba'zi umumiy xossalari borligiga e'tibor bergani holda va o'zining kuzatishlari asosida 1811- yilda quyidagi qonunni yaratdi: Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo'ladi.
1860- yilda kimyogarlarning Karlsruedagi xalqaro syezdida Avogadro ta'limoti umum tomonidan e'tirof etildi. Syezd atom-molekulyar ta'limotning rivojlanishiga kuchli turtki bo'ldi.
Bir xil sharoitda barcha gazlarda alohida molekulalar orasidagi masofa taxminan bir xil bo'ladi. Molekulalarning hajmi molekulalar o'rtasidagi masofaga nisbatan nihoyatda kichik bo'ladi, bundan turli gazlarning teng hajmlarida (bir xil sharoitda) molekulalar soni bir xil bo'lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Demak, agar bir xil sharoitda gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo'lsa, u holda bir xil sondagi molekulalari bo'lgan turli gazlarning massalari ham bir xil hajmni egallashi kerak.
Bizga ma'lumki, molyar massalar va ularga proporsional bo'lgan gazlarning massalari ana shunday massalardir. Masalan, 2 g vodorod bilan 32 g kislorodda molekulalar soni bir xil, ya'ni 6,02 • 1023 ta bo'ladi (Avogadro doimiysi). 2 g vodorod bilan 32 g kislorod (normal sharoitda) bir xil - - 22,4 1 hajmni egallashi tajribada isbotlangan. Demak:
Normal sharoitda 1 mol gaining hajmi 22,4 I bo'ladi. Bu hajm gazning molyar hajmi deyiladi.

Gazning molyar hajmi gaz hajmining (n.sh. dagi) moddaning tegishli miqdori n ga nisbatidan topiladi:
т д'
bunda V' — hajm (1 hisobida), n — moddaning miqdori (mol hisobida). Avogadro qonuni asosida gazsimon moddalarning molyar massalari aniqlanadi. Gaz molekulalarining massasi qancha katta bo'lsa, bir xil hajmdagi gazning massasi shuncha katta bo'ladi. Gazlarning teng hajmlarida bir xil sharoitda molekulalar soni, binobarin, gazlarning mollar soni ham bir xil bo'ladi. Gazlarning teng hajmlari massalarining nisbati ularning molyar massalarining nisbatiga teng:
m{: m2= M}: M2,
bunda /и, — birinchi gaz muayyan hajmining massasi, m2 — ikkinchi gaz xuddi shunday hajmining massasi, M, va M2 — birinchi va ikkinchi gazning" molyar massalari.
Bir gaz muayyan hajmi massasining xuddi shunday hajmdagi ikkinchi gaz (o'sha sharoitlarda olingan) massasiga nisbati birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi (D harfi bilan belgilanadi):
м
77L- D, bundan Mt ~ M2D^
Odatda, gazning zichligi eng yengil gaz — vodorodga nisbatan aniqlanadi (DH bilan belgilanadi). Vodorodning molyar massasi 2, kislorodniki 16 g/molga teng. Shu sababli quyidagini olamiz:
M = 2DH2
Gaz holatidagi moddaning molekulyar massasi uning vodorod bo'yicha zichligining 2 ga ko'paytirilganiga teng.
Ko'pincha, gazning zichligi havoga nisbatan aniqlanadi. Havo gazlar aralashmasi bo'lsa ham uning o'rtacha molekulyar massasini hisoblash mumkin. Ya'ni agar havoning taxminan 4 hajm azot (molyar massasi 28 g/mol) va 1 hajm kisloroddan (molyar massasi 32 g/mol), ya'ni 4 N2+O2 dan tarkib topganligi hisobga olinsa, uning o'rtacha molyar massasini hisoblab topish mumkin. Bundan quyidagicha ish yuritiladi:
Mr = 4 + j '—— 28,8g / mol (yaxlitlangani 29 g / mol)
Bu holda molyar massa ushbu ifodadan aniqlanadi: M=29 • Dx.
Molekulyar massalarni aniqlash shuni ko'rsatadiki, oddiy gazlarning molekulalari 2 atomdan (H2, F2, C12, O2, N2), nodir gazlarning molekulalari esa 1 atomdan tarkib topgan (He, Ne, AT,
Kr, Xe, Rn). Nodir gazlar uchun „molekula" va „atom" tushunchalari

teng qimmatlidir. Lekin ayrim boshqa oddiy moddalarning molekulalari 3 va undan ko'p atomlardan tarkib topgan, masalan, ozon O3, tetra-fosfor P4 molekulalari, o'rtacha temperaturada oltingugurt bug'lari Sg. Bizga ma'lumki, kimyoviy belgilar va formulalar oldidagi koeffitsientlar atom va molekula soninigina emas, balki reaksiyada ishtirok etadigan mollar sonini ham ko'rsatadi. Shu sababli gazlar orasidagi reaksiyalarning tenglamalarini quyidagicha yozish ham mumkin.
H, + C12 > 2HC1 2H2 + O2 » 2H2O
1 mol 1 mol 2 mol 2 mol 1 mol 2 mol 22,4 1 22,4 1 44,8 1 44,81 22,4 1 (suv bug'lari) 44,8 1
Agar reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo'layotgan gazlar hajm-larining ko'rsatilgan son qiymatlari 22,4 soniga qisqartirilsa, u holda gazlarning hajmiy nisbatlarini ko'rsatadigan oddiy butun sonlar olinadi: birinchi reaksiyada — 1:1:2, ikkinchi reaksiyada esa 2:1:2. Demak, gazsimon moddalar orasidagi reaksiyalar muayyan qonu-niyatlarga bo'ysunadi: o'zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo'layotgan gazlarning hajmlari o'zaro kichik butun sonlar nisbatida bo'ladi.
Reaksiyalarning tenglamalaridagi koeffitsientlar reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo'layotgan gazsimon moddalar hajmlarining sonini ko'rsatadi.

1.2. Kimyoviy reaksiyalar va tenglamaiar.
Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari
Kimyoviy reaksiyaning kimyoviy belgi va formulalar vositasida shartli ravishda yozilishi kimyoviy tenglama deyiladi.
Reaksiyaning kimyoviy tenglamasiga qarab, qanday moddalar reak¬siyaga kirishishi va qandaylari hosil bo'lishi haqida fikr yuritish mumkin. Reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda quyidagicha ish yuritiladi:
1. Tenglamaning chap qismida reaksiyaga kirishadigan modda¬
larning formulalari yoziladi, so'ngra strelka qo'yiladi. Bunda oddiy
gazsimon moddalarning molekulalari deyarli doimo ikki atomdan
tarkib topishini (O2, H2, C12 va h.) yodda tutish lozim:
Mg + O2 -> P + O2 -»
2. O'ng qismiga (strelkadan keyin) reaksiya natijasida hosil bo'ladigan
moddalarning formulalari yoziladi:
Mg + O2 -> MgO P + 02 -> P2O5

3. Reaksiyaning tenglamasi moddalar massasining saqlanish qonuni asosida tuziladi, ya'ni o'ng va chap qismlardagi atomlar soni bir xil bo'lishi kerak. Bunga erishish uchun moddalarning formulalari oldiga koeffitsientlar qo'yiladi.
Reaksiya tenglamasini, masalan, suvning parchalanish reaksiyasi tenglamasini tuzish uchun chap tomonga reaksiya uchun olingan moddaning (agar ular bir necha bo'lsa, olingan barcha moddalarning), o'ng tomonga esa reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalarning formulalarini yozamiz. Boshlang'ich moddalarning formulalarini ham, hosil bo'lgan moddalarning formulalarini ham „+" ishora bilan o'zaro qo'shib yozamiz:
suv -> vodorod + kislorod H2O -> H2 + O,
Formulalar oldiga koeffitsientlar qo'yib, chap va o'ng qismdagi har qaysi element atomlarining sonini tenglashtirish kerak. Shunday fikr yuritamiz. Bitta ikki atomli kislorod molekulasi (O2) hosil bo'lishi uchun ikki atom kislorod kerak. Buning uchun ikki molekula suv parchalanishi lozim. Demak, H2O formulas! oldiga 2 koeffitsientni qo'yish zarur:
2H,O -» H,+ O,
2. 2. Z.
O'ng va chap qismlarda kislorod atomlari soni bir xil — 2 ga teng bo'ldi. Lekin vodorod atomlarining soni tenglashtirilganligi yo'q. Ikki molekula suv parchalanganda to'rtta atom vodorod, boshqacha aytganda, vodorodning ikkita ikki atomli molekulasi olinadi. Demak, o'ng tomondagi H2 formulasining oldiga 2 koeffitsientni qo'yish kerak. Endi chap va o'ng qismlardagi vodorod atomlarining soni ham tenglashtirildi va biz ular orasiga tenglik ishorasini qo'yishimiz mumkin:
2H2O = 2H2+O2
Tuzilgan tenglama shunday o'qiladi: ikki-ash-ikki-o ikki-ash-ikki plus 0 ikkiga teng. Bu ayni reaksiyada ikki atom vodorod va bir atom kisloroddan tarkib topgan har ikki suv molekulasidan ikkita ikki atomli vodorod molekulasi va bitta ikki atomli kislorod molekulasi hosil bo'lishini bildiradi.
Algebraik tenglamalardan farqli ravishda, kimyoviy tenglamalarda
tenglamaning chap va o'ng qismlari almashtirib yozilsa, tenglamaning
ma'nosi mutlaqo o'zgarib ketadi. Agar 2H-,O=2H?,_tgnglama o'rniga
2H2+O2=2H2O tenglama yozilsa, u boshqa sjj^^tlSr^^dinjey^digafi->-
mutlaqo boshqa reaksiyani ifodalaydi. **^*9^\.
Kimyoviy reaksiyalarning tenglamalaricfa mod|^№rnh3g^ormulalari oldiga qo'yilgan .koeffitsientlar stexiomeffik k<^fp^o tLu'ek. yiladi.
Kimyoviy tenglainaning ikkala qismidagaj4<5enlts||^fffl>Mffl^d 1'

Kimyoviy reaksiyalar turli alomatlarga ko'ra turlanadi. Bosh-lang'ich va oxirgi moddalar sonining o'zgarishiga qarab, reaksiyalar quyidagi turlarga bo'Hnadi: birikish, ajralish, o'rin olish va alma-shinish reaksiyalari.
Birikish reaksiyalari. Reaksiya natijasida ikkita yoki bir necha moddalardan bitta yangi modda hosil bo'ladigan reaksiyalar birikish reaksiyalari deyiladi. Masalan. sulfat angidridning suv bilan o'zaro ta'siri:
SO3+ H2O= H2SO4
yoki oddiy moddalardan kalsiy oksidining hosil bo'lishi:
2Ca + O2=2CaO
Ajralish reaksiyalari. Reaksiya natijasida bitta moddadan bir necha yangi moddalar hosil bo'lsa, bunday reaksiyalar ajralish reaksiyalari
deyiladi. Masalan, Bertole tuzining ajralishi:
4KC1O3=KC1 + 3KC1O4
yoki malaxit qizdirilganda uchta yangi modda — mis(II) oksid, suv va karbonat angidrid hosil bo'lishi:
Cu2CH2O5= 2CuO + H2O + CO2
O'rin olish reaksiyalari. Oddiy va murakkab moddalar o'zaro ta'sirlashib, natijada oddiy modda atomlari murakkab modda elementlaridan birining o'rnini olsa, bunday reaksiyalar o'rin olish reaksiyalari deyiladi. Masalan, kumush nitratda kumushning o'rnini rux olishi:
2AgNO3 + Zn = Zn (NO3), + 2Ag yoki xlorning bromni siqib chiqarishi:
2NaBr + Cl2=Br2+2NaCl
Almashinish reaksiyalari. Ikkita modda o'zining tarkibiy qismlari bilan almashinib, ikkita yangi modda hosil qiladigan reaksiyalar almashinish reaksiyalari deyiladi. Masalan, aluminiy oksidning sulfat kislota bilan o'zaro ta'siri:
А12( + 3H2SO4 = A12(SO4)3 + 3H2O yoki kalsiy xloridning kumush nitrat bilan ta'siri:
CaCl2+ 2AgNO3- 2AgCl + Ca(NO,)2
Issiqlik chiqish yoki yutilish alomatiga ko'ra kimyoviy reak¬siyalar — ekzotermik va endotermik reaksiyalarga bo'linadi. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan, vodorod bilan xlordan vodorod xlorid hosil bo'lish reaksiyasi:

H2+C12=2HCI, AH = - 1846 kJ
Atrof-muhitdan issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan, azot bilan kisloroddan azot (II) oksid hosil bo'lish reaksiyasi, u yuqori haroratda bo'ladi:
N2+O2 = 2NO, A//=180,8kJ
Reaksiya natijasida chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori jarayon-ning issiqlik effekti deyiladi. Kimyoning turli jarayonlardagi issiqlik effektlarini o'rganadigan bo'limi termokimyo deyiladi.
Reaksiyalarning issiqlik effektlari ham yozilgan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. Bunday teng-lamalarda formulalar oldidagi koeffitsientlar tegishli moddalarning mollar sonini bildiradi va shu sababli kasr sonlar bo'lishi ham mumkin.
Termokimyoviy tenglamalarda moddalarning holati ham ko'rsa-tiladi: kristall (k), suyuq (s), gazsimon (g), erigan (e) va b. Issiqlik effektini AH (delta ash deb o'qiladi) bilan belgilash, kilojoullarda (kJ) ifodalash va moddaning reaksiya tenglamasida ko'rsatilgan mollar soniga nisbatan olish qabul qilingan. Endotermik jarayonlarda (issiqlik yutiladi, AH> Q) issiqlik effektlarining ishorasi musbat va ekzotermik jarayonlarda (issiqlik chiqadi, AH<Q) manfiy hisoblanadi.
Ekzotermik reaksiyalar uchun A// belgisi oldidagi minus ishora reaksiya mahsulotlarida energiya zaxirasi boshlang'ich moddalardagiga nisbatan kam ekanligini bildiradi. Endotermik reaksiyalar uchun AH qiymatlari oldidagi plus ishora reaksiya mahsulotlari tashqi muhitdan issiqlikni yutib, o'z energiyasini boshlang'ich moddalarning energiyasiga nisbatan ko'paytirganligini bildiradi.
Maktab kimyo darsliklarida va ko'pchilik o'quv qo'llanmalarda reaksiyalarning issiqlik effektlari Q orqali belgilanadi va agar issiqlik chiqadigan bo'lsa, musbat, agar issiqlik yutiladigan bo'lsa, manfiy hisoblanadi. Ravshanki AH = —Q. Issiqlik effektlarini biz keltirgan belgilanishiga rioya qilish lozim, chunki u termodinamika bilan bir xilda bo'lishi uchun shunday belgilangan.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning to'liq reaksiya mahsu-lotlariga aylanishi yoki aylanmasligiga ko'ra reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo'linadi.
Faqat bir yo'nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang'ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to'liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi.
Bunday reaksiyaga kaliy xloratning (bertole tuzining) qizdirilganda parchalanishini misol qilib keltirsa bo'ladi.
2KC1O3=2KC1 + 3O2T

Kaliy xloratning hammasi kaliy xlorid bilan kislorodga aylan-gandan keyingina reaksiya to'xtaydi. Qaytmas reaksiyalar unchalik ko'p emas. Ko'pchilik reaksiyalar qaytar bo'ladi.
Bir vaqtning o'zida bir-biriga qarama-qarshi boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
Qaytar reaksiyalarning tenglamalarida chap va o'ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo'nalgan ikkita strelka qo'yiladi. Bunday reaksiyalarga vodorod bilan azotdan ammiak sintez qilish misol bo'la oladi:
3/2H,+ l/2N2 NH3, Л/У=-46,2 kJ/mol
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar Tarkibiga kiruvchi atomlar-ning oksidlanish darajasining o'zgarishiga qarab atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarmaydigan reaksiyalar va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari bo'ladi. Atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reak¬siyalari deb aytiladi.
Xulosa qilib aytganda, kimyoviy reaksiyalar quyidagilarga, ya'ni:
Birikish, ajralish, o'rin olish, almashinish, ekzotermik va en-dotermik, qaytar va qaytmas, oksidlanish va qaytarilish reaksiya-lariga bo'linadi.

OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI
Oksidlanish darajasi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularning tenglamaiarini tuzish
Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo'lish mumkin. Ular¬ning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarmaydigan reaksiyalar kiradi. Masalan:
+ 1-1 1 1 2 HCI + KOH - KC1 + H20
1 +12 +22 1 MgCl2 + 2NaN03 - Mg(NO3)2 + 2NaCl
Ko'rinib turibdiki, atomlardan bar binning oksidlanish darajasi reaksiyadan oldin ham, keyin ham o'zgarmasdan qolgan.
Ikkinchi turga reaksiyaga kirishayotgan moddalar atomlarining oksidlanish darajasi o'zgaradigan reaksiyalar kiradi. Masalan:
+ 1-5 -2 1 0 2KC1O3=2KC1 + 3O2 + 1-1 00 1 2KI + C12=I2+2KC1
Bu holda birinchi reaksiyada xlor va kislorod atomlarining, ikkinchi reaksiyada esa yod va xlor atomlarining oksidlanish darajalari o'zgardi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarishi bilan boradlgan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasining o'zgarishi elektronlarning biror atomga tornon tortilishi yoki bir atomdan boshqa atomga o'tishi bilan bog'liq.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eng ko'p tarqalgan reaksiyalar bo'Hb, ta.biatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Ular Yer yuzasidagi hayot faoliyatining asosi hisoblanadi. Tirik a'zolardagi nafas olish va Moddalar almashinuvi, chirish va bijg'ish, o'simliklarning yashil qismlaridagi fotosintez ana shu reaksiyalar bilan bog'liq. Bu reak-siyalarni yoqilg'i yonganida, metallarning korroziyalanish jarayonlarida Va elektrolizda kuzatish mumkin. Ular metallurgiya jarayonlarining va elernentlarning tabiatda aylanishinmg asosini tashkil etadi. Shunday reaksiyalar yordamida ammiak, ishqorlar, nitrat, xlorid va sulfat kislotalar hamda boshqa ko'pgina qimmatli mahsulotlar olinadi..Galvanik elementlar va akkumulatorlarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tutayli

kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Ular tabiatni muhofaza qilishga doir chora- tadbirlarning asosini tashkil etadi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida — atom, molekula yoki ionning elektr on berish jarayoni oksidlanish deyiladi. Masai an:
Al° - 3e = A13+ Fe2J - e = Fe3J
H°2- 2e = 2H+ 2C1- - 2e = СГ2
Sunday jarayonda atom yoki ionning oksidlanish darajasi ortadi. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan:
S° + 2e = S2" СГ, + 2e= 2C1- Fe3H~ + e = Fe2+
Qaytarilishda zarrachaning oksidlanish darajasi kamayadi.
Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar qaytamv-chilar deyiladi. Reaksiya davomida ular oksidlanadi. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlar oksidlovchilar deyi¬ladi. Reaksiya vaqtida ular qaytariladi. Atom, molekula yoki ionlar muayyan moddalar tarkibiga kirganligi sababli, bu moddalar ham tegishlicha qaytaruvchilar yoki oksidlovchilar deyiladi.
Oksidlanish hamma vaqt qaytarilish jarayoni bilan birga sodir bo 'ladi va aksincha, qaytarilish doimo oksidlanish jarayoni bilan bog'liq, buni quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
Qaytaruvchi —e -> Oksidlovchi Oksidlovchi + e ^ Qaytaruvchi
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonning oksidlanish bilan qaytarilishning birligidan iborat.
Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng. Bunda elektronlar bir atomdan boshqa atomga butunlay o'tishidan yoki atomlarning biri tomon qisman siljishidan qat'iy nazar, shartli ravishda faqat elektronlar berish va biriktirib olish haqida so'z yuritiladi.
Oksidlanish darajasi. Ayni birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinganda, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi o'sha elementning oksidlanish darajasi deyiladi. Elementlarning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Erkin holda elementlarning oksidlanish darajasi 0 ga teng deb
qabul qilingan.
2. Vodorodning oksidlanish darajasi metall bilan hosil qilgan gidridlari-
dan boshqa hamma birikmalarida +1 ga teng: H^'O, H^1 SO4,H+IC1,H2'S
Gidridlarda bo'lsa uning oksidlanish darajasi — 1. Masalan, NaH.
3. Peroksid va ftor bilan hosil qilgan bmkmalardan boshqa hamma
holatlarda kislorodning nksidlanish Harajasi — 2 ga tcngdir. Masalan,
H,O"2, HNOf ,SO,2. Peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi

-1 gateng. Masalan, H,O'', Н-О'-СИ-Н, Na^, Na-Q-'-O'-Na. Ftor bilan hosil qilgan birikmalarda kislorodning oksidlanish darajasi +1 (Oj1 F,-1) va +2 (O+2F2~') ga teng.
4. Metallarning oksidlanish darajasi birikmalarda doimo + qiymatli bo'ladi va u, asosan, metall joylashgan gruppaning raqamiga teng bo'ladi. Masalan, natriyning oksidlanish darajasi +1, kalsiyning oksidlanish darajasi +2, aluminiyning oksidlanish darajasi +3.
Murakkab modda tarkibidagi barcha elementlarning oksidlanish darajalari yig'indisi nolga tengligini nazarda tutish kerak. Masalan, KMnO4 tarkibidagi marganes atomining oksidlanish darajasini aniqlash zarur. Buning uchun kaliyning oksidlanish darajasini +1 va kislorodnikini —2 deb olib, marganesning oksidlanish daraja¬si x quyidagi tenglama asosida topiladi:
+1 + x + (-2) -4 = 0, bunda x = +7 Sulfat kislotadagi oltingugurtning oksidlanish darajasi:
H,I+SXM-




А так же :

Александр I (1777-1825)
Российский император с 1801. Старший сын Павла I. В начале правления провел умеренно либеральные реформы, разработанные Негласным комитетом и М. М. Сперанским. Во внешней политике лавировал между Великобританией и Францией. В 1805-07 участвовал в антифранцузских коалициях. В 1807-12 временно сблизился с Францией.


CHICHO” FRUMBOLI IN EXCLUSIVE INTERVIEW


Правовые нормы трудовых отношений
Чтобы в будущем избежать неприятных моментов, связанных с зарплатой, кругом выполняемых обязанностей, Вашим возможным уходом с полюбившегося или, наоборот, осточертевшего места, прежде чем с головой погрузиться в новые заботы, необходимо уделить внимание еще некоторым формальностям, призванным облегчить Вашу будущую жизнь.


rencontres arabie saoudite



Hosted by uCoz